BIM'DA BAJARILGAN LOYIHA — 2,0 KOEFFITSIENT BILAN
Loyiha institutlari uchun yangi imkoniyat: BIM texnologiyalari asosida bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari qiymati ikki baravar koeffitsient bilan hisoblanadi. Qaror kuchga kirgunga qadar mutaxassislaringizni tayyorlab oling.
ASOSIY UCH NUQTA
Loyihalarni BIM texnologiyalari asosida bajarish — loyiha-qidiruv ishlari qiymatini aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizomning 1-ilovasi, 8-band.
Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.
Loyihalash sohasida litsenziyani bekor qilib, mutaxassislar malakasini sertifikatlash tartibi uch oy ichida ishlab chiqiladi.
Qisqacha bayon. Rasmiy matn — lex.uz da.
INSTITUTNI BIM'GA O'TKAZISH — 3 QADAM
Bilim
Har bir bo'lim (AR, KR, OV, VK, EO, SS, TX) uchun Revit kursi: 24 dars, 2 oy, institutingizda, o'z obyektingiz asosida.
Tartib
EIR va BEP standartlari, Revit shablonlari, BIMUz CDE va smeta — butun institut bitta qoidada ishlaydi.
Birinchi obyekt
Pilot loyiha: bitta real obyekt BIM'da modeldan chizmalar, smeta va ekspertizagacha birga bajariladi.
2021-YILDAN LOYIHA INSTITUTLARINI O'QITAMIZ
Amaliyotchi muhandislar o'qitadi, guruh 6–8 kishi, mashg'ulotlar institutingiz binosida va o'z loyihangiz asosida. O'quv davomida BIMUz Revit plagini bepul. Davomat va natijalar bo'yicha har oy rahbariyatga hisobot.