TA'LIMDAN QURILISHGACHA — BITTA EKOTIZIM
BIMUz — O'zbekistonda ishlab chiqilgan va mahalliy normalar bilan ishlaydigan BIM mahsulotlari. Har biri alohida ishlaydi, birgalikda esa loyihaning butun yo'lini qamraydi.
LOYIHANING BUTUN YO'LI
- 01Ta'limMutaxassislar Revit va BIMni o'rganadi
- 02ModelPlagin va BIMUz AI modelni tez quradi va armaturalaydi
- 03HamkorlikBo'limlar CDE orqali bitta modelda ishlaydi
- 04SmetaSmetaLink hajmlarni CE smetasiga uzatadi
- 05Qurilish4D jarayonni grafik bo'yicha nazorat qiladi
BIMUz MAHSULOTLARI
BIMUz Revit plagini
Modellashtirish va armaturalash
Revit 2024–2027 uchun: armaturalash (plita, fundament, kolonna, balka, devor), metall konstruksiyalar, chizmalar va spetsifikatsiyalarni avtomatlashtirish. LIRA natijalaridan armatura.
Batafsil →
BIMUz AI
Plagin ichidagi AI yordamchi
Revit modelini o'qiydi, savollarga javob beradi va tasdiqlaganingizdan so'ng BIMUz buyruqlarini o'zi bajaradi — o'qlar, kolonnalar, armaturalash.
Batafsil →
BIMUz CDE
Yagona ma'lumot muhiti (ISO 19650)
Arxitektor, konstruktor va muhandislik bo'limlari bitta obyekt bo'yicha fayl almashadigan muhit. Har bir tashkilot o'z loyihalari va adminlari bilan.
Batafsil →
BIMUz SmetaLink
Revit → smeta ko'prigi
Revit modelidan ish hajmlari qaydnomasini (VOR) yig'adi va smeta dasturiga uzatadi — hajmlarni qo'lda sanash shart emas.
BIMUz CE
Qurilish smetasi dasturi
O'zbekiston smeta normalari asosida smeta tuzish: o'zbek va rus tilida, avtomatik hisob-kitob, Excel hisobotlari.
Batafsil →
BIMUz 4D
Qurilish jarayoni simulyatsiyasi
Revit modelini ish grafigi bilan bog'lab, qurilish ketma-ketligini vaqt bo'yicha ko'rsatadi: reja va haqiqiy holat, kechikishlar.
BIMUz Ta'lim
Onlayn kurslar platformasi
Revit AR, KJ va KM bo'yicha video kurslar, korporativ guruhlar uchun davomat, uy vazifalari va sertifikatlar.
Batafsil →
BIMchess
BIM mutaxassislari hamjamiyati
BIM va qurilish sohasi mutaxassislari uchun onlayn shaxmat: bot bilan o'yin, reyting, klublar va BIMUz sovg'alari.
BIMNI JORIY ETISH — MAHSULOT VA TA'LIM BILAN
Xodimlaringizni o'qitamiz, BIM standartlarini (EIR, BEP) tayyorlaymiz va sizning real loyihangizda BIMUz vositalari bilan pilot loyihani yuritamiz.