BIMUz — REVIT UCHUN PROFESSIONAL VOSITALAR
Armaturalash, konstruktiv elementlar, arxitektura, MEP va loyiha hujjatlari, Excel va IFC eksporti, CDE integratsiyasi — loyihachining kundalik ishini tezlashtiradigan bitta plagin. Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 uchun.
So'nggi versiya: 1.0.10.50 · 07.10.2026 · nima yangi?
14 kunlik bepul sinov — o'rnatgach Revitda avtomatik boshlanadi.
PLAGIN NIMA QILADI
Konstruktiv loyihalashning eng ko'p vaqt oladigan qismlarini avtomatlashtiradi
Armaturalash
Poydevor (tasmasimon, alohida, plita), kolonna, balka va devor armaturasini avtomatik joylashtirish; armaturani asosdan asosga ko'chirish va nusxalash, naborni portlatish.
Konstruktiv elementlar
Kolonna, balka va poydevorlarni tez yaratish, parametrlar bo'yicha boshqarish va standartlashtirish.
Arxitektura
Elementlarni parametr bo'yicha ranglash, istalgan parametrni universal raqamlash va o'qlarni avtomatik o'lchash.
MEP bo'limi
Teshik vazifasi, kolliziyalar, MEP spetsifikatsiya va markalash; VK, OV va EOM uchun qiyalik, stoyaklar, izolyatsiya, havo balansi, tezlik, yoritgich va kabel hisoblari.
Loyiha hujjatlari
Spetsifikatsiyalar, PDF eksport, shtamp, Exceldan listlar, ko'rinishlarni tekislash, chizmalar, pardoz va peremichka vedomostlari, qidirish va almashtirish.
Excel, IFC va CDE
Excel bilan ikki tomonlama almashish, IFC host-mapping va umumiy ma'lumotlar muhiti (ISO 19650) bilan bog'lanish.
Fikr bildirish va yordam
Plagin ichidan xato yoki taklifni skrinshot bilan yuboring — jamoamiz javobi to'g'ridan-to'g'ri Revitda keladi.
O'zbek va rus tillari
Interfeys bir tugma bilan o'zbekcha yoki ruschaga o'tadi — lenta, oynalar va xabarlar. Model ichidagi nomlar o'zgarmaydi.
Avtomatik yangilanish
Yangi versiyalar plagin ichidan avtomatik yuklab olinadi — har safar qayta o'rnatish shart emas.
VERSIYA 1.0.10.50
07.10.2026 da chiqarildi — o'rnatilgan plaginlar avtomatik yangilanadi.
- —Xatolar tuzatildi va umumiy yaxshilanishlar
TARIFLAR
Barcha modullar ikkala tarifda ham to'liq ishlaydi. Istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.
- —Barcha modullar to'liq
- —Revit 2024–2027
- —Avtomatik yangilanishlar
- —1 kalit — 2 ta kompyuter
- —Telegram orqali qo'llab-quvvatlash
- —Barcha modullar to'liq
- —Revit 2024–2027
- —Avtomatik yangilanishlar
- —1 kalit — 2 ta kompyuter
- —Ustuvor qo'llab-quvvatlash
To'lov Payme yoki Click orqali amalga oshiriladi. Narxlar QQS bilan.
UCH QADAM
O'rnatish
O'rnatuvchini yuklab olib ishga tushiring — plagin kompyuteringizdagi Revit versiyalarini o'zi topadi.
Bepul sinov
Revitda «BIMUz → Litsenziya» oynasidan 14 kunlik bepul sinovni boshlang.
Sotib olish
O'sha oynadan Oylik yoki Yillik tarifni tanlab, Payme yoki Click orqali to'lang — kalit e-mailingizga keladi.
To'lovdan so'ng litsenziya kaliti e-mailingizga yuboriladi va Revitda avtomatik faollashadi.